18:10 / 26.10.2015
3986

Pokistonda zilzila qurbonlari soni 42 kishiga yetdi

Pokistonda bugun sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 42 kishiga yetdi. Bu haqda Geo TV kanali xabar bermoqda.

Ilgariroq halok bo‘lganlar soni 20 kishini tashkil qilgani xabar qilingan edi.
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 7.4 magnitudali zilzila Pokistonning Sialkot va Mo‘lton shaharlariga ham ta'sir o‘tkazdi. Qurbonlar haqidagi xabarlar aynan o‘sha shaharlardan kelmoqda.

Ilgariroq xabar qilinganidek, bugun, 26 oktabr kuni sodir bo‘lgan zilzila episentri Afg‘onistonning Hindukush mintaqasida kuzatilib, 7.4 ballni tashkil qildi. U Pokistonda, Tojikistonda, shuningdek, O‘zbekistonning, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Andijon va boshqa viloyatlarida kuzatildi. Yer silkinishlari Qozog‘istonning Olma-Ota, Taroz, Chimkent, Qirg‘izistonning O‘sh shaharlarida ham sezildi.

Top