18:16 / 26.10.2015
3467

Qirg‘iziston prezidenti Sindzo Abega qarzlar dasturi uchun minnatdorchilik bildirdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening mamlakatga rasmiy tashrifi doirasida unga iyenalarda beriladigan qarzlar dasturini qayta boshlashda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Qirg‘iziston matbuoti xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, Qirg‘iziston va Yaponiyaning o‘zaro munosabatlari ijobiy rivojlanishida qo‘yilgan bu muhim qadam hamkorlikning yanada samarali bo‘lishini ta'minlaydi.
Shuningdek, Atambayev ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar istiqboli yorqin ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Top