19:25 / 26.10.2015
2961

Shvetsiyaga kelgan muhojirlar soni 100 mingdan oshib ketdi

9,8 mln aholiga ega Shvetsiyada qirollikka bir hafta ichida kelgan qochqinlar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi, ya'ni o‘tgan haftada bu mamlakatga 9,5 ming muhojir keldi. Ulardan qariyb 2,3 mingini kattalar hamrohligisiz bo‘lgan o‘smirlar tashkil qiladi. Shu tariqa 2015 yilda mamlakatga ko‘chib kelganlar soni 105 mingga yaqinni tashkil qilmoqda. Bu Yevropa Ittifoqida aholi jon boshiga eng katta ko‘rsatkichni tashkil qiladi.

“Shvetsiyaga kelayotgan muhojirlarning eng katta guruhini suriyalik, afg‘onistonlik va iroqlik muhojirlar, o‘smir qochqinlar orasida afg‘onistonliklar ko‘pchilikni tashkil qiladi”, deb aytdi Shvetsiya migratsion boshqarmasidagi manba TASS axborot agentligi muxbiriga.

O‘tgan haftada yangilangan prognozga ko‘ra, joriy va keyingi yillarda Shvetsiyaga keladigan qochqinlar soni 360 mingni tashkil qilishi mumkin. Bunday miqdordagi muhojirlar bir nechta shved shaharlari aholisi sonini tashkil qiladi.

Top