16:33 / 26.10.2015
3375

The Telegraph: "Chelsi" Mourinoni Gvardiolaga almashtirmoqchi

Germaniyaning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Londonning «Chelsi» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino iste'foga chiqqan taqdirda uning o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi o‘rtakashlar «Chelsi»ning Gvardiolaga qiziqishini hisobga olib u bilan bu borada muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda. Mourino iste'foga chiqarilgan taqdirda muzokaralar tashkil etiladi.

Qayd qilinishicha, «Chelsi» prezidenti Roman Abramovich mustaqil o‘rtakashlarga hech qanday ko‘rsatma bermagan. Hozircha londonliklar rahbariyati Mourinoning jamoadagi inqirozni bartaraf etishiga ishonmoqda.

Ma'lumot uchun, Abramovich 2013 yilda Gvardiolani jamoaga olib kelishga harakat qilgan, biroq ispaniyalik mutaxassis o‘shanda «Bavariya»ning 2016 yil yozida nihoyasiga yetadigan shartnomasini ma'qul ko‘rgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gvardiola APLda ishlashni xohlayotgani va bu London jamoasi bo‘lishi kerakligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Top