20:50 / 26.10.2015
4639

USA Today: Baydenning o‘layotgan o‘g‘li otasidan prezident bo‘lmaslikni so‘ramagan

Amerikalik OAVlarning tarqatgan ma'lumotiga ko‘ra, siyosatchi Jo Baydenning marhum o‘g‘lining so‘nggi tilagi otasining prezidentlik saylovida g‘alaba qozinishi bo‘lgan. Ammo Baydenning o‘zi bu gap-so‘zlarni inkor etib kelmoqda va bularning barini “Gollivudcha fantaziya” deb atamoqda, deb yozadi USA Today gazetasi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Bo Bayden 2015 yilning 30 may kuni miya saratoni oqibatida 46 yoshida vafot etdi.

“Bo meni saylovda qatnashishimni istar va unda g‘alaba qozona olishimga ishonar edi. Ammo uning o‘limi oldidan g‘yech qanday Gollivudcha sahna bo‘lmadi: u qo‘llarimni ushlab : “Ota, sen g‘alaba qilishga majbursan”, singari so‘zlar aytilmadi. Bunga o‘xshash holat ham bo‘lmadi”, — dedi vitse-prezident Bayden 60 Minutes teleshousidan bergan intervyusida.
Uning ta'kidlashicha, prezidentlikka nomzod poygalaridan ketishiga sabab, bu borada g‘alaba qozona olmasligiga ko‘zi yetganidandir. Uning aytishicha, bu oila a'zolari bilan hamfikrlikda qabul qilingan og‘ir qaror bo‘lgan. O‘g‘lini yo‘qotish ota uchun qattiq zarba bo‘ldi va Bayden prezidentlik kampaniyasida ishtirok etish uchun o‘zida kuch topa olmadi, deb yozadi nashr.

Top