18:42 / 26.10.2015
3191

XXI asrda tamaki chekishdan halok bo‘lganlar soni 1 mlrd kishiga yetishi kutilmoqda

Tahlilchilarning tan olishicha, chekish XX asrning eng dolzarb yagona epidemiyasi bo‘lgan. Uning natijasida yer yuzida 100 million nafar odam halok bo‘lgan. 2100 yilga kelib bu ko‘rsatkich 10 baravarga oshishi kerak, deb yozamoqda The New Daily nashri.

Ammo vaziyat boshqacha ko‘rinishda ham bo‘lishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda tamaki mahsulotlariga bo‘lgan talab pasayayotgan bo‘lsa, Xitoy, Indoneziya, Hindiston va Vetnam kabi mamlakatlarda bu ko‘rsatkich o‘sib bormoqda.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, ikkinchi yoki uchinchi tamakiga ruju qo‘ygan iste'molchi halok bo‘lmoqda. Buning oldini olish maqsadida tamaki mahsulotlari uchun soliqlar miqdorini oshirish kabi bir qator takliflar o‘rtaga tashlanmoqda.

Shu bilan bir qatorda sog‘liqni saqlash tizimida ham bu borada muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan AQSh hozirda tamaki mahsulotlariga mukkasidan ketganlarni davolash uchun yiliga 180 milliard dollar sarflamoqda va bu ko‘rsatkich yaqin yillarda o‘sib borishi kutilmoqda.

Top