21:50 / 27.10.2015
5265

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i butun dunyo bo‘yicha ishlamay qoldi

“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i butun dunyo bo‘yicha ishlamay qoldi. Ayniqsa Rossiya, Ukraina, Belarus, Estoniya, Armaniston, Germaniya va Turkiya foydalanuvchilari uchun.

Sayt Moskva vaqti bilan 15.30 dan (Toshkent vaqti bilan 17.30) ishlashni to‘xtatgan. 16.00 (18.00) da esa saytda “Texnik ishlar olib borilyapti. Keyinroq tashrif buyuring”, degan yozuvlarni o‘qish mumkin edi. Unga kirish Moskva vaqti bilan 16.20 (18.20) larda amalga oshdi. 16.40 (18.40) da foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqqa kira olishlari mumkin edi, ammo xabarlar tasmasidan foydalanish imkoni yo‘q edi.

Ayni damda “Odnoklassniki” sayti to‘liq holatda ishlamoqda.

Top