23:12 / 27.10.2015
3444

AQSh Qrim va Ukraina sharqidagi hududlar ustidan parvozlarni amalga oshirishga taqiqlovni bir yilga uzaytirdi

AQSh Qrim va Ukraina sharqidagi hududlar ustidan fuqarolik va tijorat parvozlarini amalga oshirishga taqiqlovni 2016 yilning 27 oktabrigacha uzaytirdi.

Bu haqda AQSh hukumatining federal reyestri saytida aytilmoqda.
“Ushbu qaror AQShning barcha aviatashuvchilari, tijoriy operatorlari, uchishga ruxsatnomasi bo‘lgan barcha fuqarolariga Simferopol va Dnepropetrovsk ustidan muayyan parvozlarni amalga oshirishga taqiqlovni uzaytiradi”, deyilmoqda xabarda.

Bu orada taqiqlov bunday shaxslar AQShda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy aviatashuvchilarning havo kemalarini boshqarganlarida hamda AQShda ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolik samolyotlari operatorlariga (xorijiy aviatashuvchilar bo‘lgan hollardan tashqari) taalluqli emas.

Top