21:19 / 27.10.2015
3743

Karter: AQSh tomonidan tayyorlangan Suriya muxolifat kuchlari Rossiya zarbalariga uchramagan

Pentagon tomonidan tayyorlangan Suriyaning muxolifat kuchlari Rossiyaning aviazarbalariga uchramagan, deya xabar berdi AQSh Senatida bo‘lib o‘tgan tinglashlar AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter.

“AQSh Mudofaa vazirligi Suriyada tayyorlayotgan va ta'minlayotgan kuchlarga kelsak, ular Rossiya zarbalariga uchramagan” deb senator Jon Makkeynning savoliga javob berdi Karter. Karterning aytishicha, “o‘rtamiyona muholifat”ning qolgan vakillari Rossiya aviazarbalaridan jabr ko‘rgan.

30 sentabrdan boshlab Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadning talabiga muvofiq Suriyada IShIDning obektlariga aniq aviazarbalar berishni boshladi. Nishonlar Rossiya, Suriya, Iroq va Eron tomondan berilgan razvedka ma'lumotlari asosida tanlanadi. Avvalroq Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riyod Haddod zarbalar muholifat yoki tinch aholiga emas, balki aynan IShIDning qurollangan guruhlariga berilayotganini tasdiqlagan.

Top