09:18 / 27.10.2015
2099

Nyu-York meri AQSh prezidentligiga nomzod sifatida Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlaydi

Nyu-York meri Bill de Blazio AQSh prezidentligiga nomzod sifatida Hillari Klinton nomzodini to‘la qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda Associated Press agentligi.

Nomzodning matbuot xizmati ma'lum qilishicha har ikki tomon suhbatlashib olishgan, ammo nima masalada ekanligiga oydinlik kiritilmagan. Manbaning guvohlik berishicha, de Blazio Klintondan foydalarning teng emasligi haqidagi savollarga javob izlashi kerakligini maslahat bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, de Blazio Klinton xonimning 2000 yildagi Senatga bo‘lgan saylovoldi kampaniyasida ham faol qatnashgan. U bevosita Klintonlar oilasi bilan ham oilaviy bordi-keldi qiladi.

Top