09:07 / 27.10.2015
2249

OAV: "Zenit" qishki transferlar vaqtida Falkaoni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi

Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi qishki transferlar vaqtida kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkaoni ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, "Zenit" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Falkaoni yozgi transferlar vaqtidayoq Rossiyaga olib kelishni istagan, lekin "Monako" unga juda yuqori narx belgilagan.

Qayd etish kerakki, Villash-Boash ushbu futbolchiga "Portu"dagi faoliyati davrida ustozlik qilgandi.

Ma'lumot uchun, transfer huquqi "Monako"ga tegishli bo‘lgan Falkao ayni vaqtda "Chelsi"da ijara asosida o‘ynamoqda. U APLning 10 turida atigi bitta gol urishga erishgan.

Top