16:14 / 27.10.2015
18968

O‘zbekistonda 1 noyabrda qor yog‘ishi mumkin

27 oktabr-1 noyabr kunlari O‘zbekistonda havo o‘zgarib, ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologia xizmati markazi xabar qildi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Horazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 29 oktabrda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 oktabr-1 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktabr-1 noyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 29-30 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi, 31 oktabr-1 noyabrda kechasi 0-5° sovuqgacha, kunduzi 0-5° iliqgacha asta-sekin pasayadi.

Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, 29-30 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 31 oktabr-1 noyabrda yog‘ingarchilik, ba'zi joylarda kuchli (yomg‘ir, 1 noyabrda ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktabr-1 noyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 29-30 oktabrda 7-12° iliq, 31 oktabr-1 noyabrda 3-8° iliq, kunduzi 29 oktabrda 20-25° iliq bo‘ladi, 30 oktabr-1 noyabrda 5-10° iliqgacha asta-sekin pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari havo o‘zgarib tursa-da 29-30 oktabrda yog‘ingarchiliklar kutilmaydi, 31 oktabr-1 noyabrda esa yog‘ingarchilik, ba'zi joylarda kuchli (yomg‘ir, 1 noyabrda qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktabr-1 noyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 29-30 oktabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 31 oktabr-1 noyabrda kechasi 3-8° iliq bo‘ladi, kunduzi 5-10° iliqgacha pasayadi.

Mamlakatimiz janubi – Surxondaryo viloyatida ham havo o‘zgarib turadi, 29-31 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktabr-1 noyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 29-31 oktabrda 8-13° iliq, 1 noyabrda 5-10° iliq, kunduzi 29-30 oktabrda 22-27° iliq bo‘ladi, 31 oktabr-1 noyabrda 8-13° iliqgacha asta-sekin pasayadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari aholisi havoning o‘zgarib turishiga guvoh bo‘lishadi. 29-31 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 1 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1 noyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 29-31 oktabrda 17-22° iliq, 1 noyabrda 10-15° iliq bo‘ladi

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 29-30 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 31 oktabr-1 noyabrda yog‘ingarchilik, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 oktabr-1 noyabrda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 29-30 oktabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi, 31 oktabr-1 noyabrda kechasi 0-5° sovuqgacha, kunduzi 0-5° iliqgacha pasayadi.

Top