16:21 / 27.10.2015
2685

O‘zbekistonga 2015 yili 7 ming yaponiyalik turist tashrif buyurdi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan biznes-forumda turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Undan so‘ng o‘zbekistonlik va yaponiyalik turoperatorlarning V2V formatida o‘tgan uchrashuvida konkret takliflar bildirildi.

Tadbir “Buyuk Ipak yo‘li” tashkiloti tomonidan uyushtirilib, turistik oqimlarin oshirish masalasiga yo‘naltirildi.

Kultura.uz saytining ma'lum qilishicha, tadbirda Yaponiya turistik agentliklari uyushmasi (JATA), bir qator yirik turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi. Ularga “O‘zbekturizm” tomonidan videotaqdimot namoyish etildi.

Ishtirokchilar qarshisida chiqish qilgan JATA prezidenti Xiromi Tagava uyushma tarkibida mingdan ortiq turfirmalar borligini ta'kidladi. Ularning yillik aylanmasi 6 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Shuningdek, u 2015 yilning o‘tgan davrida O‘zbekistonga yaponiyalik 7 ming sayyoh tashrif buyurganini ma'lum qildi.

“Mamlakatingiz ko‘p asrlik madaniy an'analariga ega, O‘zbekistonda ko‘plab madaniy yodgorliklar mavjud, sizning usta va hunarmandlaringiz qilayotgan ishlar tahsinga sazovor, - dedi X. Tagava. – Agar asosiy urg‘uni milliy an'analar namoyishiga yo‘naltirsa, yaponiyalik turistlarga ular namoyish etilsa, Yaponiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistik oqimning sezilarli darajada o‘sishiga erishish mumkin. Men qadimgi Samarqandga borganimda bunga amin bo‘ldim”.

Top