16:54 / 27.10.2015
3554

Qirg‘izistonda 8 kilogramm narkotik olib ketayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Qirg‘izistonning Batken viloyatida 8 kilogramm miqdoridagi narkotik moddalarini olib ketayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Qadamjoy tumanining Markaz qishloq okrugi yaqinida Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish organlari vakillari 58 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Yu.M.ni qo‘lga oldi.

Uning qo‘lidagi qutida giyohvand moddalar mavjudligi aniqlandi.
Olib qo‘yilgan giyohvand moddasining opiy ekani aytilmoqda. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Top