19:10 / 27.10.2015
2266

«Real» Keylor Navas bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Madridning "Real" klubi rahbariyati va murabbiylar shtabi darvozabon Keylor Navasning o‘yinidan to‘la qoniqish hosil qilmoqda. Shu tufayli unga yangi shartnoma taklif qilinadi, deya xabar tarqatgan Marca nashri.

«Real» Navasga yiliga 2,5 million yevro maoshi bor shartnoma taklif etmoqda. Navas xuddi shuncha maoshni «Manchester Yunayted»ga o‘tgan taqdirda olishi mumkin edi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, «Real» Navas bilan yaqin ikki oy ichida kelishuvga erishadi.

Eslatib o‘tamiz, Navas 12 o‘yinning 9tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Top