08:10 / 27.10.2015
5448

Rossiyaning Su-24 harbiy samolyotlari IShIDning yirik bazasini yakson qildi

Rossiya aviatsiyasining Su-24 bombardimonchi samolyotlari Suriyaning Halab viloyatida IShIDning zenita qurilmalari, minomyotlar va yirik kalibrli pulemyotlari bilan jihozlangan bazasini yakson qildi, deb ma'lum qildi 26 oktabrda jurnalistlarga Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, general-mayor Igor Konashenkov.

“Halab viloyatidagi Hibrat-al-Amiya aholi punkti hududida uchuvchisiz parvoz qurilmalari yordamida tog‘-o‘rmonli hududda yirik kalibrli pulemyotlar, Zu-23 zenita qurilmalari va minomyotlar bilan jihozlangan ko‘p miqdorda yo‘ntanlamas avtomobillarga ega IShIDning yirik bazasi fosh qilindi”, deb aytdi Konashenkov.

Konashenkovning aytishicha, ma'lumot boshqa kanallardan tekshirilgandan keyin, ushbu baza va u yerdagi avtomobillar ikkita Su-24 samolyoti tomonidan yo‘q qilingan.

Top