07:05 / 27.10.2015
3127

Suriya harbiy-havo kuchlari Xoms va Idlib viloyatlarida jangarilarning qarorgohini yo‘q qildi

Suriya harbiy-havo kuchlari (HHK) markaziy Xoms va shimoliy Idlib viloyatlarida jangarilarning qarorgohini yo‘q qildi, deb ma'lum qildi 26 oktabrda Suriya armiyasi vakili, brigada generali Ali Mayxub.

“Suriya HHK Tar-Ma'l, Al-Ginto, Karataynda terrorchilarning qurol-aslaha va o‘q-dori omborlarini hamda Xomsviloyatidagi Tal-Bisa shahridagi terrorchilik tuzilmalarining bosh qarorgohini hamda o‘nlab jangarilarni, jumladan dala qo‘mondonlarini yo‘q qildi”, deb aytmoqda general.  

“Idlib viloyatida Suriya HHK Taman va Xon-Shayhun tumanlarida terrorchilarning qo‘mondonlik punktlarini yo‘q qildi. HHK Muflasa, Halabiya, Tal-Ahmar, Umm Raqila, Kabasin, Al-Bob, Shayh-Ahmad, Xon-Tuman posyolkalari hududidagi, shuningdek, Arqila, Sharqiy Safira va Nayrobdagi (Halab viloyati)  aholi punktlaridagi jangarilar pozitsiyalariga zarbalar berdi”, deb qo‘shimcha qildi general Ali Mayxub.

Top