13:26 / 27.10.2015
5780

Tojikistonda zilzila oqibatida 20ta uy zararlandi

Episentri Afg‘onistonda bo‘lgan kuchli zilzilaning Tojikistonga ta'siri oqibatida Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida joylashgan bir qancha qishloqlarga zarar keldi, deb xabar beradi TASS agentligi.

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha respublika qo‘mitasi keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, Ishkoshim, Roshtqala, Murg‘ob va boshqa qishloqlardagi jami 20ta uyga shikast yetgan. Bu qishloqlar Afg‘onistonning zilzila episentri joylashgan hududiga yondoshdir.

Jabrlanganlar haqida xabar bermadi. Eslatib o‘tamiz, kecha sodir bo‘lgan zilzila episentrida 7.5 balli silkinishlar kuzatildi.

Top