11:45 / 27.10.2015
3406

Yaponiya XXR tomonidan Janubiy Xitoy dengizida orollarning yaratilishini tanqid ostiga oldi

Yaponiya hukumati Xitoy tomonidan bahsli Spratli arxipelagida riflardan orollar yaratilishini bir tomonlama yondashuv deb baholadi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

“Men AQSh harbiy kuchlarining har bir harakatiga munosabat bildirishni istamasdim. Ammo hozir biz bu masala bo‘yicha axborot almashmoqdamiz”, - dedi Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga ushbu hududdagi voqealar haqida.

“Keng miqyosda sun'iy orollarning yaratilishi bir tomonlama harakatlar bo‘lib, o‘zaro munosabatlarga salbiy ta'sir o‘tkazadi”, - deb ta'kidladi bosh kotib.

Shuningdek, AQShning USS Lassen eskadrilya mina tashuvchisi Janubiy Xitoy dengizida patrul ishlari boshlagani xabar qilindi.

Top