20:56 / 28.10.2015
2911

2015 yilning 9 oyida 9800 nafardan ziyod urush va mehnat fronti faxriylari sanatoriyalarda sog‘lomlashtirildi

2015 yil 28 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ijtimoiy muhofaza borasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalar ekan, Aholini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlari monitoringi va tahlili boshqarmasi boshlig‘i Baxodir Sharapov, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan, joriy yil 17,0 ming nafardan ziyod yolg‘iz keksa, pensioner va nogironlar ro‘yxatga olinib, ulardan 4 ming nafardan ziyodi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar sifatida ro‘yxatga olingani, ular har oyda bepul 9 turdagi mahsulotlar bilan, 2015 yil 1 sentabrdan esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 avgustdagi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 237-son qaroriga asosan 15 turdagi mahsulotlar bilan ta'minlanmoqda.

Yolg‘iz keksa, pensioner va nogironlardan 16 ming nafari uyida ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga muhtoj deb topilib, ularga 2 ming nafardan ziyod ijtimoiy xodimlar biriktirilib, uyida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bilan to‘liq qamrab olingan. 1941-1945 yillar urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 1 oktabr holatiga 9800 nafardan ziyod urush va mehnat fronti faxriylari sanatoriyalarda sog‘lomlashtirildi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan 613 mingta oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlandi. Shundan 194 mingta oilaga 2 yoshgacha bola tarbiyasi uchun, 364 mingta voyaga yetmagan farzandlar uchun, 55 mingta kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlandi.

Nogironlarni reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta'minlash maqsadida 2040 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar nogironlar aravachasi, 827 nafari eshitish moslamasi, 1603 nafari hassa va 959 nafari qo‘ltiqtayoq bilan ta'minlandi.

Top