22:31 / 28.10.2015
2589

2015 yilning 9 oyida Andijonda mahalliylashtirish dasturi doirasida 16,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi

Andijonda 2015 yilning 9 oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov boshqargan yig‘ilishda viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari, boshqarma va idoralar, yirik korxonalar hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari rahbarlari ishtirok etdi.

Hisobot davrida viloyat iqtisodiyotining barcha sohalarida o‘sish ta'minlandi. Yalpi hududiy mahsulot hajmi 2,8 foiz o‘sdi. Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 21,4, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 6,8, qurilish ishlari hajmi 13,9, chakana savdo aylanmasi 14,3, aholiga pullik xizmat ko‘rsatish 19,4 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish barqaror o‘sishning asosiy omili bo‘ldi.

Viloyat iqtisodiyotida salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan sanoat sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Iqtisodiyotga jalb etilgan investitsiyalarning asosiy qismi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishga, sanoatni modernizatsiya qilish va texnologik yangilashga yo‘naltirildi. Xususan, 2013-2015 yillarda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq, hisobot davrida 634 yangi quvvatlar ishga tushirildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 16,8 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortdi. Bu 6,4 million dollar miqdoridagi valyutani tejab qolish imkonini berdi. Xorijga chiqarilayotgan mahsulotlar turi 9taga ortib, eksport geografiyasi yanada kengaydi.

Umumfoydalanuvda bo‘lgan avtomobil yo‘llarida 57,1 milliard so‘mlik ta'mirlash va rekonstruksiya, 69,6 kilometr masofadagi ichki yo‘llarda 7,5 milliard so‘mlik ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Qariyb 57 kilometr elektr liniyasi tarmoqlari qurilib, 5 ming 392 kilometri ta'mirlandi. 1,2 kilometrlik gaz quvuri mukammal ta'mirlandi. 121 kilometrdan ziyod masofaga yangi suv tarmog‘i tortilib, 39 suv qudug‘i foydalanishga topshirildi.

Andijon viloyati faollari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U.Rozuqulov so‘zga chiqdi.

Top