16:12 / 28.10.2015
5101

Android One smartfonlari O‘zbekistonda 1 oy ichida 10 ming dona sotildi

Android One smartfonlari ishlab chiqarilganidan so‘nggi dastlabki 1 oy mobaynida bu gadjyetlardan 10 ming nusxa O‘zbekiston bozorlarida sotildi. Bu haqda Sputnik agentligi Artel kompaniyasi xodimiga tayangan holda ma'lumot bermoqda.

Aytilishicha, bu Google Inc korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan yangi smartfon uchun O‘zbekiston bozor sharoitlarini inobatga olgan holda yomon natija emas.
“Amerikalik hamkorlarimizning O‘zbekiston bozoriga chiqish bo‘yicha kutayotgan natijalari umuman olganda o‘zini oqlamoqda va ular natijadan xursand. Mahalliy bozor katta salohiyatga ega, yangi smartfon xaridlari o‘sishi kutilmoqda”, - ta'kidladi agentlik suhbatdoshi.

2015 fevralida Google o‘z ishlanmalari uchun yangi istiqbolli mintaqalar topishga qaror qildi. Shu maqsadda korporatsiyaning Yaqin Sharq, Uzoq Sharq va Markaziy Osiyo davlatlaridagi ofisi Istanbulda joylashgan eng yirik riteyleri General Mobile yangi mamlakatlarning bozorlariga kira boshladi. Shu maqsadda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Pokiston, Eron, Tojikistonga tashriflar uyushtirildi. Natijada tanlov O‘zbekistonga tushdi. Iyul oyida korporatsiya Artel bilan hamkorlikni boshladi.

Top