13:47 / 28.10.2015
3392

Bond haqidagi yangi filmda ishtirok etgan Aston Martin DB10 sotuvga qo‘yildi

Jyeyms Bond haqidagi yangi kinoloyihada ishtirok etish uchun ishlab chiqilgan Aston Martin DB10 superkari kim oshdi savdosida sotiladi, deb xabar beradi Britaniyaning Mirror nashri. Uning narxi 1 mln funt sterling yoki 1.5 mln dollarni tashkil qilishi aytilmoqda.

Film uchun jami 10 ekzemplyar yaratilgan edi. Ulardan 7tasi tryuklar postanovkasi chog‘ida pachoq bo‘lgan, 3tasi omon qolgan. Ulardan birini kartinani suratga olgan Eon Productions kompaniyasi o‘zida qoldirishga qaror qildi, ikkinchi nusxani Aston Martin qaytarib oladi, nihoyat, uchinchisi sotuvga qo‘yiladi.

Kupe V8 Vantage modeli bazasida yaratilgan. Avtomobilni 8 silindrli 4.7 l hajmli benzinli dvigatel harakatga keltiradi. Uning quvvati 436 ot kuchiga teng.

Top