00:52 / 28.10.2015
5454

Fransiya "Barselona"ni o‘z chempionatiga qabul qilishga tayyor

Katoloniya Ispaniyadan ajrab chiqadigan bo‘lsa, "Barselona" jamoasi Fransiya ligasiga qo‘ishilishi mumkin.

Fransiya bosh vaziri Manuel Vals agar Kataloniya mustaqil davlatga aylansa, “Barselona” Fransiya chempionatida qatnashishi mumkinligini aytdi.

"Nega endi bo‘lmas ekan? Axir “Monako” Fransiya chempionatida o‘ynaydiku", - deb Valsning so‘zlaridan iqtibos keltirdi TMW.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya futbol federatsiyasi agar Kataloniya Ispaniyadan ajralib mustaqil davlat maqomini olsa “Barselona” Ispaniya chempionatida ishtirok eta olmasligini ma'lum qilgan edi.

Top