10:32 / 28.10.2015
2317

Kot-d'Ivuarning amaldagi prezidenti saylovda 83,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi

Kot-d'Ivuarda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida mamlakatning amaldagi prezidenti Alassan Uattara 83,66 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi.

Reyter xabariga ko‘ra, saylovchilarning davomati 54,63 foizni tashkil etgan.
73 yoshli Uattara 2011 yildan beri mamlakatni boshqarib keladi va undi ikkinchi muddatga vazifasini bajarish uchun kirishishi mumkin.

Ma'lumot uchun, 2010 yildagi saylovda shubhali natijalar tufayli birdaniga ikki nomzod, mamlakatga 2000 yildan beri prezident bo‘lgan Loran Gbagbo va bu vaqtgacha bosh vazir sifatida ishlagan Uattara prezidentlik qasamyodini qilgandi va bo‘linish yuzaga kelgandi. O‘zaro to‘qnashuvlarda minglab kishilar halok bo‘lgan. Lekin ko‘p vaqt o‘tmasdan, 2011 yilning 11 aprelida Uattaraning tarafdorlari barcha hududlarni nazorat ostiga olgan va sobiq prezident Gbagbo qamoqqa olingandi.

Xalqaro tahlilchilar Uattaraning davrida Kot-d'Ivuar iqtisodiyotida sezilarli o‘sish kuzatilganini qayd etishgan.

Top