21:02 / 28.10.2015
6511

KUN.UZ dayjesti: 28 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 28 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

AQSh politsiyasi nunchaklar bilan qurollantirilishi mumkin>>

Kaliforniya shtatida politsiyachilar nunchaklar bilan qurollantirilishi mumkin. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.

Olma-Ota tramvaylari bir necha yil oldin Germaniyada iste'moldan chiqarilgani aniqlandi>>

Olma-Ota tramvaylari bir necha yil oldin Germaniyada iste'moldan chiqarilgan edi. Bu haqda KTK telekanali xabar bermoqda.

Nyu-Yorkdagi restoranlarga kuchuklarni olib kirish uchun rasman ruxsat beriladi>>

Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo shahar hududidagi restoranlarga veranda yoki terrasa (it zotlari) bilan kelib ovqatlanish huquqini taqdim qiluvchi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda The Huffington Post xabar bergan.

Avstraliyada issiqdan lohas bo‘lgan kenguru villa ichiga kirib, hovuzda 45 daqiqa cho‘mildi>>

Avstraliyaning Melburn shahrida yashovchi kishilar o‘z hovlilaridagi hovuzgi tushib olgan yovvoyi kenguri haqida ma'lumot berishdi.

2100 yilga kelib ayrim davlatlarda odamlar issiqdan ko‘chaga chiqa olmay qoladi>>

Iqlimshunoslarning ta'kidlashicha, 2100 yilga kelib ayrim davlatlarda odamlar issiqdan ko‘chaga chiqa olmay qoladi. Nature Climate Change jurnalida nashr qilingan maqolada ta'kidlanishicha, havo 77 darajada isib ketishi mumkin.

Jahon yetakchilari dumli sochga ega bo‘lganida...>>

Oxirgi yillarda xipsterlar orasida turli kokilli turmaklarda yurishi chinakam moda tusiga kirmoqda. DesignCrowd ijodiy jamoasi jahonning yetakchi siyosatchilari bunday turmaklarda qanday ko‘rinishini tasavvur qilib ko‘rdilar. Ularning mehnati natijalarini quyida ko‘rishingiz mumkin.

Ruhiy muammolari bor haydovchi Belgiya bosh vazirining kortejidagi mashinalarga kelib urildi>>

Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel ketayotgan kortej ustiga qasddan bostirib borgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda La Derniere heure gazetasi ma'lum qilgan.

Ostonada 80dan ortiq issiq bekatlar tashkil qilinadi>>

Qozog‘iston poytaxtida 80dan ortiq issiq bekatlar paydo bo‘ladi. Bu haqda “Astana LRT” MChB transport direktori Rustam Xalilev bayonot berdi.

Ikki musulmon-haydovchi alkogolni yetkazib berishni istamagani uchun $ 240 000 oldi>>

AQShning Illilnoys shtatidagi transport kompaniyasida xizmat qiluvchi ikki nafar musulmon-haydovchiga buyurtmachi tomonidan alkolol mahsulotini yetkazib berish ishi topshiriladi, biroq haydovchilar e'tiqodiga zid bu ish bilan shug‘ullanmasliklarini ma'lum qilib, bunga rozi bo‘lishmaydi.

Die Zeit: Angela Merkel chek daftarchasisiz hech kim emas>>

Yevropadagi migratsion inqiroz Germaniya kansleri Angela Merkelning “dunyodagi eng qudratli ayol” va “Yevropaning eng qudratli siyosatchisi” qabilidagi imijini yo‘qqa chiqardi, deb hisoblaydi Die Zeit nashri.

Boliviya hukumati fuqarolarni lama go‘shtini iste'mol qilishga chaqirdi>>

Boliviya Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning ayrim go‘sht mahsulotlarining inson salomatligiga salbiy ta'siri haqidagi xulosasini qo‘llab-quvvatladi. 

Astmaga qarshi dorilar keksa kishilarning miyasini faol ishlashiga sabab bo‘ladi>>

Olimlarning aniqlashicha, bronxial astmaga qarshi ishlab chiqarilgan preparatlar miya faoliyatini yaxshilovchi yangi to‘qimalarning vujudga kelishiga sababchi bo‘lar ekan. 

Merkelni Gitler bilan tenglashtirgan yevrodeputat jarimaga tortildi>>

Yevroparlament deputati, italiyalik Janluki Buonanno 3 ming yevro jarima to‘laydi va 10 kunga ishdan chetlashtiriladi. Bunga uning yig‘ilishga Germaniya kansleri Angela Merkelni haqoratlovchi futbolka kiyib kelgani sabab bo‘ldi.

Tokio motoshousida Mazda yangi avtomobilini namoyish etdi>>

Tokioda o‘tkazilayotgan navbatdagi motorshouda bir qancha hayrotomuz dasturlar namoyish etilmoqda. Ushbu shouda yapon avtomobilsozlari ham o‘zlarining takrorlanmas avtomobillari bilan ishtirok etishmoqda.

Twitter yangi foydalanuvchilarni qiyinchilik bilan jalb qilmoqda>>

Wall Street Journal nashri Twitter ijtimoiy tarmog‘ining daromadlari va foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlarni tahlil qildi va ijtimoiy tarmoqning bu ko‘rsatkichlari o‘sishi sekinlashganini qayd qildi.

Nissan ruli yig‘ishtiriladigan elektrokar yaratdi>>

Nissan kompaniyasi Tokio avtosalonida IDS kontseptual elektron xeetchbekni taqdim etdi. Aytilishicha, prototip keyingi avlod Leaf modeliga asos bo‘lishi mumkin. Mashina yig‘ishtiriladigan rul va avtonom boshqaruv tizimiga ega bo‘ldi. Shuningdek, tanlangan harakat ritmiga muvofiq o‘rindiqlar ham aylanadi.

Mercedes Z avlodi uchun miniven o‘ylab topdi>>

Mercedes-Benz kompaniyasi Vision Tokyo nomli kontseptual minivenni taqdim etdi. Aytilishicha, u Z avlodi uchun, ya'ni 1990 yillar o‘rtalarida tug‘ilgan odamlarga mo‘ljallangan.

Motorola kompaniyasi ekrani sinmaydigan smartfonini namoyish qildi>>

Motorola kompaniyasi ekrani sinmaydigan Droid Turbo 2 smartfonini ommaga taqdim qildi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qurilma sinmaydigan monitorli dunyodagi ilk smartfon sanaladi, deb yozmoqda kompaniya rasmiy sayti.

Yamaha yuqori yengillikdagi sportkar yaratdi>>

Yamaha kompaniyasi Sports Ride Concept yuqori yengillikdagi sportkar prototipini yaratdi. Kontsept-kar Tokio avtosalonida namoyish qilindi.

MasterCard gadjyetlarni planshet kartalariga aylantiradi>>

MasterCard ishga tushirgan yangi dasturdan ko‘zlangan maqsad mobil uskunani to‘lovlarni amalga oshirish vositasiga aylantirishdir, deb ta'kidlaydi The Verge.

Toyota Tokio avtosalonida vodorodli avtomobilni taqdim etdi>>

Bugun, 20 oktabr kuni Yaponiya poytaxtida boshlangan Tokyo Motor Show 2015 avtosalonida ekologiya va energiyaning yangi turlari asosiy trendga aylandi.

Bond haqidagi yangi filmda ishtirok etgan Aston Martin DB10 sotuvga qo‘yildi>>

Jyeyms Bond haqidagi yangi kinoloyihada ishtirok etish uchun ishlab chiqilgan Aston Martin DB10 superkari kim oshdi savdosida sotiladi, deb xabar beradi Britaniyaning Mirror nashri. Uning narxi 1 mln funt sterling yoki 1.5 mln dollarni tashkil qilishi aytilmoqda.

Sirg‘ali avtomobil bozorida MALIBU III narxi 92,4 mln so‘m bo‘lib turibdi (2015 yil, 25 oktabr)>>

«Carzone.Uz» sayti muxbiri 25 oktabr kuni Toshkentdagi Sirg‘ali mashina bozoriga sayohat qilib, xorijiy va milliy markadagi avtomobillarning narxlari bilan o‘rganib chiqdi.

Top