17:30 / 28.10.2015
2899

Lonely Planet kelasi yilning asosiy turistik yo‘nalishlari nomini aytdi

Lonely Planet nashri ekspertlari 2016 yilning asosiy turistik yo‘nalishlari nomini aytishdi. The Daily Mail nashrida ta'kidlanishicha, reytingda birinchi o‘ringa Botsvana qo‘yildi.

Mutaxassislar o‘zlarining turistlar uchun tavsiyalarini Best In Travel 2016 to‘plamida e'lon qilishdi. Ularning fikricha, Botsvana “cho‘llar va daryolar uyg‘unligidan iborat noyob hudud bo‘lib, ulkan miqdordagi yirtqich jonivorlarni jalb qiladi, bu yovvoyi va ekzotik mamlakatdir”.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Yaponiya va AQShga nasib qildi. AQSh “avtomobilda sayr qilishni yaxshi ko‘ruvchi turistlar jannati” deb ataldi.

2016 yilda turistlar borishi mumkin bo‘lgan shaharlar uchun ham alohida reyting tuzildi. Birinchi o‘rinni Chernogoriyadagi Kotor shahri egalladi. Shuningdek, Ruminiyadagi Bran qasri, Ekvador poytaxti Kito, Dublin, Manchester, Rim ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Top