15:31 / 28.10.2015
2798

Los-Anjyeles politsiyasi Kventin Tarantino filmlari boykotiga qo‘shildi

Los-Anjyeles politsiyasi kasaba uyushmasi Nyu-York patrul politsiyasi boshlagan Kventin Tarantino filmlari boykotiga qo‘shildi. Bu haqda Deadline portali xabar bermoqda.
“Biz politsiya va fuqarolar o‘rtasidagi konstruktiv dialogni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ammo vaziyatni keskinlashtirish kerak emas – u politsiyachilarni ular bo‘lganidan ko‘ra ham kattaroq nishonga aylantirmoqda. Kinorejissyor Kventin Tarantino Nyu-Yorkdagi aksilpolitsiya marshida bizni qotillar deb atagani uchun javob berishi lozim”, - deb ta'kidladi tashkilot vakillaridan biri.

Eslatib o‘tamiz, Tarantino 24 oktabr kuni politsiya o‘zboshimchaligiga qarshi o‘tkazilgan #RiseUpOctober aksiyasida ishtirok etdi.
“Men qotillikni ko‘rsam, jim tura olmayman. Men qurbonlar tarafida ekanligimni aytish uchun bu yerdaman”, - ta'kidladi u miting chog‘ida.

Top