09:12 / 28.10.2015
2759

Obama Saudiya Arabistoni qiroli bilan “Suriya muxolifati”ga ko‘makni oshirish masalasini muhokama qildi

AQSh prezidenti Barak Obama telefon orqali Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul-Aziz al-Saud bilan suhbatlashdi, deya xabar bermoqda Reuters.

Bu haqda Oq uy ma'lum qildi. Qayd etilishicha, tomonlar Suriya mo‘'tadil muxolifatiga ko‘rsatilayotgan yordam hajmini oshirish masalasini muhokama qilishdi.

Obama va Salmon IShIDga qarshi hamkorlikda kurashish zarurligini ta'kidlab o‘tishgan.

“Ikki mamlakat yetakchilari mazkur masalada yaqin aloqalarni saqlab qolishga kelishib olib, bir-biriga AQSh va Saudiya Arabistoni o‘rtasida kuchli va barqaror sherikchilik mavjudligini yana bir marta izhor qilishdi”, - deyiladi Oq uy xabarida.

Top