00:48 / 28.10.2015
4804

Reuters: Amerikalik general Suriya va Iroqda minglab eronlik harbiylar borligi haqida xabar qildi

AQShlik harbiylar Suriya va Iroqda Eronning harbiy harakatlari haqida ma'lum qilishdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Yuqori darajali amerikalik generalning ma'lum qilishicha, Suriyada ikki ming, Iroqda esa ming nafar eronlik harbiy bor.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriya mojarosida Eronning qatnashishini shart, deb aytgan edi.

Top