22:56 / 28.10.2015
4780

Rossiya havo-koinot kuchlari jangarilarning niqoblangan bazalarini yo‘q qildi

Rossiya harbiy aviatsiyasi Suriyada jangarilarning niqoblangan va konservatsiya qilib qo‘yilgan bazalariga zarbalar berdi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Konashenkovning aytishicha, yo‘q qiingan obektlar jangarilarning bazalari, o‘tish va tayanch punktlari va qo‘mondonlik punktlaridan iborat.

Konashenkovning ta'kidlashicha, Rossiya samolyotlari oxirgi kun ichida Suriyaning Idlib, Xoms, Xama, Halab, Damashq va Lataqiya viloyatlaridagi jangarilarning 118 ta obektiga zarbalar bergan.

Top