15:01 / 28.10.2015
3848

Rossiya maxsus xizmatlari MDH davlatlari razvedka ma'lumotlari almashishga chaqirdi

MDHga a'zo davlatlarning xavfsizlik xizmatlari terrorchilar hamda ularning hamkorlariga qarshi samarador kurashish uchun o‘zaro ma'lumot almashishni yo‘lga qo‘yishi lozim. Bu haqda Rossiya federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 39-yig‘ilishidagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Terrorchilarning shaxsiy ma'lumotlari, ularning rejalari va sheriklari bo‘yicha razvedka axborotini almashish ishini o‘stirish lozim”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Uning fikricha, terrorchilik ideologiyalari tarafdorlarining MDH ichidagi harakatlarini tinimsiz kuzatib borish va bu borada axborot almashishni yo‘lga qo‘yish zarur.

Top