14:45 / 28.10.2015
7845

Rossiya maxsus xizmatlari rahbari IShID tahdidi tufayli MDH chegaralarini mustahkamlashga chaqirdi

Rossiya federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov MDH, birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarini mustahkamlab, IShIDga birgalikda qarshi turishga chaqirdi.

“Birodarlikning tashqi chegaralarini mustahkamlash masalasi o‘tkirligicha qolmoqda, ayniqsa Markaziy Osiyo yo‘nalishida”, - dedi u MDH davlatlari xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 39-yig‘ilishidagi chiqishida.

Uning so‘zlariga qaraganda, terrorchilik ideologiyalari tarafdorlarining MDH ichidagi harakatlarini tinimsiz kuzatib borish va bu borada axborot almashishni yo‘lga qo‘yish zarur.

Top