00:17 / 28.10.2015
5892

Tyumenda 9 yil avval O‘zbekistonda 41 tonna benzin o‘g‘irlagan o‘zbek qo‘lga olindi

Rossiyaning Tyumen viloyati prokuraturasi Rossiya bosh prokuraturasiga O‘zbekistonda 41 tonna benzin o‘g‘irlagani uchun 9 yildan beri qidiruvda bo‘lgan 62 yoshli Sohib G‘oziyevni O‘zbekistonga topshirish bo‘yicha materiallarni yubordi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot-xizmati ma'lum qildi.

Tergov taxminiga ko‘ra, 2004-2005 yillarda Farg‘ona ombor mudiri bo‘lib ishlagan G‘oziyev bosh buxgalter va firma direktori bilan birgalikda ombordan A-72 va A-76 rusumidagi benzinni o‘margan. Ular jami 41 tonna yonilg‘ini olib chiqib, 17 million so‘mga pullashga muvaffaq bo‘lganlar. G‘oziyevga nisbatan jinoiy ish ochilgan, lekin u yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. Natijada Sohib G‘oziyevga sirtdan 2006 yilda ayblov e'lon qilingan.

Qochoq 2015 yil oktabrda Rossiyaning Tyumen viloyatida Qozog‘istonga qochishga uringanida qo‘lga olindi. Hozirda Rossiya bosh prokuraturasi G‘oziyevni vataniga qaytarish masalasini ko‘rib chiqmoqda. O‘zbekistonda tovlamachi 10 yillik qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Top