18:16 / 28.10.2015
4406

Xatirchida noqonuniy yog‘ ishlab chiqaruvchi sex fosh qilindi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yog‘ ishlab chiqaruvchi noqonuniy sex fosh qilindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda. Aytilishicha, tumanning Yangirabot qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro K. Mahmudov o‘z xonadonida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, elektr ta'minoti korxonasiga 1 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazgani ma'lum bo‘ldi.

Tekshiruv chog‘ida uning qo‘lbola moyjuvozda yog‘ ishlab chiqarib kelgani ma'lum bo‘ldi.
Yashirin sexdan 35 kg paxta yog‘i, 81 kg chigit va 2.7 mln so‘mlik moddiy boyliklar topildi.

Top