21:28 / 28.10.2015
4032

Xorazmda yil boshidan beri 22 ming dona “Damas”, “Orlando” va “Labo” ishlab chiqarildi

“GM Uzbekistan” AJning Xorazm filialida 2015 yilning yanvar-sentabr oylari oralig‘ida 20 667 dona “Damas”, 1 315 dona — “Orlando” va 356 dona “Labo” avtomobillari ishlab chiqarildi.

Bu haqda Xorazm viloyatini joriy yil 9 oyi davomidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2015 yilda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlarini belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilishida aytib o‘tildi.

“Xorazm avtomobil ishlab chiqarish birlashmasi” OAJ qoshida “Damas” avtomobili uchun o‘rindiqlar, o‘rtacha va kichik detallar, bamper va shtamp detallari ishlab chiaruvchi 10 ta korxona faoliyat olib bormoqda”, — deyiladi viloyat ma'muriyati ma'lumotida.

Top