15:47 / 28.10.2015
26144

Yangi Ravon Nexia komplektatsiyalari haqida ma'lumotlar oshkor bo‘ldi

Rossiya bozori uchun mo‘ljallangan yangi Ravon Nexia markasi haqida batafsil ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Avto mail.ru» nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, mashina uzunligi – 4330 mm.ni tashkil qiladi, kengligi – 1690 mm, balandligi – 1505 mm, g‘ildiraklar joylashgan hudud – 2480 mm.

Avtomobil dastlabki komplektida konditsioner yo‘q. Mashina yukxonasi salon ichidan ochiladi, tumanga qarshi faralari va orqa chirog‘i, 14 dyuymli g‘ildirak disklari bor. Optimum versiyasidan boshlab bitta o‘t oldirgich kaliti va eshiklar qulfi mavjud. Elegant komplektatsiyasida esa rul gidrokuchaytirgichi, yukxonani yorituvchi chiroqcha, yagona o‘t oldirish kaliti va eshiklar qulfi, konditsioner, Clarion CD/MP3 avtomagnitolasi, USB ulagich, to‘rtta kolonka bo‘ladi.

Mashina 100 km/s tezlikka erishishi uchun 11,9 soniya vaqt talab qilinadi, 100 kilometrga shahar ichida yonilg‘i sarfi 7,7-8 litrni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 8 oktabr kuni Moskvada yangi Ravon brendi taqdimoti o‘tkazilgan edi.

Top