10:06 / 28.10.2015
4714

Yangiyo‘llik suvchilar pora ustida qo‘lga tushishdi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi “O‘tkir buloq suvlari” MChJ bosh hisobchisi v.b. Mansur Mambetov va korxona bo‘lim muhandisi Madrahim Ravshanov pora ustida qo‘lga olinishdi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, ular tumandagi gipsdan ganch ishlab chiqaruvchi “Rohat” xususiy kichik korxonasiga borib, ichimlik suvidan foydalanish holatini tekshirishgan. Suv hisobdonining tamg‘asi buzilganligini ro‘kach qilib, shu asosda 6.499 mln so‘m jarima belgilashgan.

Shunda firma rahbari suv amaldorlarini “kelishish”ga chaqirgan. Bunga javoban ular direktordan 2 mln so‘m pora talab qilishgan. Lekin direktor vaqtida tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Natijada suvchilar pora olayotgan chog‘da jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Top