12:45 / 28.10.2015
3049

Yaponiya poytaxtida Tokyo Motor Show 44-avtosaloni ochildi

Bugun, 28 oktabr kuni Tokio shahridagi Odayba sun'iy orolida joylashgan Big Sight ko‘rgazma zalida Tokyo Motor Show 2015 44-avtosaloni ochildi. Yaponiya va boshqa davlatlarning 30dan ortiq avtomobilsoz kompaniyalari unda o‘zlarining oxirgi yutuqlarini taqdim qiladi.

Aytilishicha, Yaponiyaning asosiy avtogiganti Toyota Motor Corp avtosalon chog‘ida yangi sport kontsept-karini taqdim etilishi kutilmoqda. Mashina Mazda Motor Corp’ning MX-5 rodsteriga raqobatchi bo‘lishi aytilmoqda.

Shuningdek, kompaniya yoqilg‘i unsurlarida harakatlanuvchi yangi kontsept-karini taqdim qiladi. Honda Motor Co taqdim qiladigan NSX sport mashinalarining yangi prototipi esa, ta'kidlanishicha, ko‘proq uzoq o‘tmishda yaratiladigan fantastik mashinalarni eslatib yuboradi.

Bundan tashqari, Mazda yangi sport avtosi va kontsept-karni, Suzuki Motor Corp esa subkompakt Ignis mashinasini jamoatchilikka tanishtiradi.

Top