06:57 / 29.10.2015
3934

“Ash-Shabob” terrorchilik guruhi jangarilari Somalida qulagan samolyot ekipajini asirga oldi

Somalidagi Afrika ittifoqi missiyasi uchun yuk olib ketayotgan Airbus A380 samolyoti Somalida qattiq tarzda qo‘ngandan keyin uning bortidagi 12 kishi “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan garovga olindi, deb xabar bermoqda Voice of America nashri.    

“Men hozir samolyot va uning ekipaji “Ash-Shabob” qo‘lida ekanligini tasdiqlayman”, deb aytdi mahalliy ma'muriyat vakili Muxammad Husayn Shina' hamda asirlar orasida AQSh fuqarolari borligini qo‘shimcha qildi.

Pentagon samolyot qulashi holatini tasdiqladi, biroq asirga olinganlar orasida AQShning fuqaro yoki harbiylari borligi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

Avvalroq Somalida yuk samolyoti qulagani ma'lum qilingandi.

Top