13:21 / 29.10.2015
4810

“Qamchiqavtoyo‘l” mansabdorlari 1.5 mlrd so‘mni o‘zlashtirishda ayblandi

Ma'lum bo‘lishicha, “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llar foydalanish korxonasi mansabdorlari 2013-2014 yillarda olib borilgan ta'mirlash va qurilish ishlariga 1.546 mln so‘mdan ortiq bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozishgan. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Bundan tashqari, korxona rahbariyati “O‘zavtoyo‘l” DAKning hamda yordamchi pudratchi tashkilotlarning mutasaddilari bilan til biriktirgan holda Moliya vazirligi qoshidagi yo‘l jamg‘armasi bilan 84.59 mlrd so‘mlik yo‘l qurilish ishlarini bajarish bo‘yicha shartnoma imzolagan. So‘ng ular 660 mln so‘mlik bajarilmagan, 1.516 mlrd sshmlik sifatsiz bajarilgan ish hajmlarini hujjatlashtirib, jamg‘armaga taqdim etishgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi yuqoridagi va boshqa holatlarni atroflicha ko‘rib chiqib, “Qamchiqavtoyo‘l” IYFK rahbari N. Jo‘rayev va boshqalarga nisbatan tegishli jazo tayinlab, hukm chiqardi.

Top