00:53 / 29.10.2015
3725

“Toyota” Alphard minivenini kabrioletga aylantirdi

Tokioda o‘tayotgan avtosalonda Toyota kompaniyasi Alphard – Hercule minivenining kontsept versiyasini namoyish etdi. Prototip “lando”ga o‘xshash kuzov va harakatlanuvchi tom qismiga ega bo‘lgan.

Alphard Hercule ning tom qismi kuzovdagi markaziy va ort ustunlarga o‘rnatilgan. Qachon tomni olib tashlash va tomning qancha tezlikda harakatlanishi noma'lum.

Besh o‘rinli minivenning uzunligi 5265 millimetr, eni – 1850 millimetr, balandligi esa 1960 millimetr. Alphard ning standart versiyasi uzunligi 4915 millimetr, eni 1850 millimetr, balandligi esa 1895 millimetrni tashkil etadi.

Yumshoq tom va hjmining uzunligidan tashqari prototip kuzovning ikki xil bo‘yalgan rangiga, 20 dyyumli diskli g‘ildirakka va qayta ishlangan old qismiga ega bo‘ldi.

Alphard Hercule ning dvigateli haqda ma'lumot yo‘q.

Top