21:41 / 29.10.2015
9734

Shvetsiyada 27 yoshli muslima Ta'lim vaziri etib tayinlandi

Aida Xalzialik 27 yoshida Shvetsiyaning Ta'lim vaziri etib tayinlandi, deb yozadi muxlis.uz portali.

Aytish kerakki, u mamlakatdagi eng yosh vazir sifatida tarixga kirdi. Xorijiy ommaviy axborot vositalarida yozilishicha, Aida 5 yoshligida ota-onasi bilan Bosniya va Gertsogovinadan Shvetsiyaga ko‘chib kelgan.

23 yoshida Xalmstad shahri merining o‘rinbosari sifatida ishlagan va o‘z bilimi, intilishi sababli vazir maqomiga munosib ko‘rilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda 10 million nafar aholiga ega Shvetsiyada 500 ming nafar musulmon istiqomat qiladi.

Top