18:18 / 29.10.2015
17788

AQSh MO davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvini o‘tkazish uchun nima sababdan aynan Samarqandni tanladi?

Ayni paytda AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safari bo‘lib o‘tmoqda. Keng miqyosdagi safardan ko‘zlangan maqsad nimada? Shu singari savollarga javob topish maqsadida Sputnik agentligi MDH davlatlari institutining Yevrosiy integratsiyasi va ShHT taraqqiyoti bo‘limi boshlig‘i Vladimir Yevseyev bilan suhbatlashdi.

Uning fikricha, Jon Kerrining Markaziy Osiyoga safari, bu — Rossiyaning Suriyadagi harakatlariga javobi. Jon Kerri va butun Amerika ma'muriyati Yaqin Sharqda bo‘lgani kabi Markaziy Osiyo ham AQSh ta'siri ostidan chiqib ketishidan cho‘chimoqda.

“AQShning mintaqadagi asosiy roli harbiy-siyosiy maqsadlarni ko‘zda tutadi. Birinchi navbatda ular Markaziy Osiyodagi o‘zining yaqin va juda muhim sherigi – O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashni istaydi. Aynan shuning uchun ham mintaqa tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi Samarqand shahrida o‘tkazilmoqda”, - dedi V.Yevseyev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Kerrining tashrifi bilan AQSh o‘zining radikallar tomonidan tashqi tahdidlar vujudga kelgan taqdirda, mintaqa mamlakatlariga ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini ko‘rsatishni istaydi. Shuningdek, Kerri o‘z so‘zida demokratiya, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish to‘g‘risida ko‘p gapiradi.

Top