00:13 / 29.10.2015
3743

Bloomberg: Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish imkoniyatlari ikki barobarga oshdi

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish imkoniyatlari oxirgi 3 oy ichida ikki barobarga oshdi. Bunday ma'lumotlarni Betfair Group Plc bukmekerlik idorasi keltirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Bukmekerlik idorasi ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniyaning ko‘pchilik aholisi Britaniyaning YeIdan chiqishiga ovoz berishi ko‘rsatkichi 36 foizgacha o‘sdi, vaholanki 2015 yilning iyul oyi oxirida 18,5 foizni tashkil qilgan.

“Buyuk Britaniyaning YeI tarkibida qolishiga stavka hali ham eng maqbul stavka hisoblanadi va 1,56 ni (64 foiz aholi) tashkil qilmoqda”, deb aytmoqda Betfair xodimi.

Uning aytishicha, mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga stavka 2,76 ni (36 foiz) tashkil qilmoqda va bu holat Buyuk Britaniyaning YeI a'zosi bo‘lib qolishi ehtimoli kattaligini bildiradi.

Avvalroq so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning aksariyat fuqarolari mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini yoqlab chiqayotganlari ma'lum qilingandi.

Top