22:05 / 29.10.2015
3004

Donald Tramp o‘zining investitsion sezgisi bilan maqtandi

AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp o‘zining 18-kitobi – “Oqsayotgan Amerika” deb nomlangan asarida o‘zining investitsion sezgisi bilan maqtanib o‘tdi. Tramp o‘zi sotib olgan 45 ta aksiyalar paketidan 40 tasining narxi “qisqa vaqt ichida keskin oshib ketganini” ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.

Bunday 89 foizlik koeffitsiyentni 2015 yilning aprelidan sentabrigacha AQShning hech qaysi bir investitsion fondi bunday muvaffaqiyatni namoyish qila olmagan.

“Fond bozori uchun bunday qiyin yilda u shunday yuqori koeffitsiyentga ega bo‘lgan bo‘lsa, unda u o‘z e'tiborini ko‘chmas mulkdan ko‘ra aksiyalarga sarmoya kiritishga ko‘proq qaratishi kerak”, deb kinoyali gapirib o‘tdi Weatherstone Capital Management Inc. kompaniyasining yetakchi boshqaruvchisi Maykl Boll.

Donald Trampning saylov shtabida uning investitsion yutuqlariga izoh berishdan bosh tortishdi.

2014 yil yakunlariga ko‘ra, Forbes jurnali Donald Trampning davlatini 4,5 mlrd dollarga baholagan, biroq Tramp prezident lavozimiga nomzod bo‘lgach o‘zining aktivlari miqdorini oshkor qildi: uning boyligi 9,24 mlrd dollarga, qarzlari esa 503 mln dollarga baholanmoqda.

Avvalroq Trampning otasi o‘g‘lining tadbirkorlik faoliyatida “1 mln dollarlik kichik kredit” bilan yordam bergani ma'lum qilingandi.

Top