20:35 / 29.10.2015
3067

Yevroparlament Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini Snoudenni ta'qib etishni to‘xtatishga chaqirdi

Yevroparlament Strasburgda o‘tgan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari rahbarlari yig‘ilishida Edvard Snoudenni ta'qib etuvchi har qanday holatni man etuvchi rezolyutsiyani tasdiqladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Agentlik manbasining ma'lum qilishicha parlament a'zolari Yevroittifoqdan “Snoudenni ta'qib qiluvchi har qanday holatdan qochish, uning muhofazasini tashkil etish, o‘z navbatida, uni ekstraditsiya qilish yoki uchinchi mamlakat ixtiyoriga topshirishning oldini olish kerakligini” so‘ramoqda.

Bu — inson huquqlari va xavfsizligini informator sifatida himoya eta bilgan kishining maqomini belgilab beradi, deb ta'kidlab o‘tilgan yig‘ilishda.

Top