11:13 / 29.10.2015
3130

Hillari Klinton AQShda o‘lim jazosini cheklashni yoqlab chiqdi

AQSh prezidentligiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilayotgan Hillari Klinton AQShda o‘lim jazosi juda ko‘p qo‘llanayotganini ta'kidlab, bunday amaliyotni sezilarli darajada cheklash va qisqartirish lozimligini aytdi.

Bu haqda prezidentlik poygasining demokratlardan amaldagi yetakchisi Nyu-Xempshir shtatidagi Manchester shahrida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ma'lum qildi. “Federal hukumat jazoning bunday turini jiddiy ko‘zdan kechirishi lozim”, - uning so‘zlarini keltiradi Associated Press agentligi.

Sobiq davlat kotibining fikricha, AQShda o‘lim jazosi “juda ko‘p” va “palapartish” o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, Klinton xonim o‘lim jazosining to‘liq bekor qilinishiga qarshi ekanligini ma'lum qildi.

Top