12:28 / 29.10.2015
7280

Ichki ishlar idoralari kunida 4 kishiga polkovnik unvoni berildi

25 oktabr – Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir qator xodimlarga polkovnik unvoni berildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV o‘rinbosari – jazoni ijro etish bo‘limi boshlig‘i Batirbay Abdullayevich Kenjayev, Samarqand viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – tergov boshqarmasi boshlig‘i Aziz Yuldashevich Atamuradov, Buxoro viloyat IIB yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Xayrillo Nurilloyevich Zoirov, Jizzax viloyat IIB huzuridagi qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Boltaboyevich Qarshiboyevlar bunday unvonlarga sazovor bo‘ldi.

Xabarnomada ta'kidlanishicha, ular “mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta'minlash, jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashishda boshqalarga ibrat bo‘lgan, shuningdek, qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlashda ko‘rsatgan fidokorona xizmatlari” tufayli taqdirlanishgan.

Top