08:47 / 29.10.2015
2630

Koalitsiya Yamandagi shifoxonani o‘qqa tutganini inkor qildi

Saudiya Arabistonining BMTdagi doimiy vakili Abdulla al-Muallimiy ushbu mamlakat boshchilik qilayotgan Fors ko‘rfazi arab davlatlari harbiy koalitsiyasi “Chegarasiz shifokorlar”ning Yamanning Sa'd viloyatidagi bo‘linmasiga zarba bermaganini ta'kidladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ilgariroq bu haqda Yaman sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergani edi.
“Koalitsiya aviatsiyasi Sa'dda o‘sha lahzada operatsiya o‘tkazmayotgan edi, - ma'lum qildi al-Muallimiy. – Operatsiyalar ketayotgan eng yaqin hudud Saudiya va Yaman chegarasida bo‘lib, tilga olingan shifoxonadan 40 km shimolda edi”.

Top